• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Gosha” laqabli gapiruvchi qarg‘asi bilan mashhur bo‘lgan marhum Shodibek va uning qarg‘asi haqidagi ba’zi tafsilotlar

    “Gosha” laqabli inson tilida so‘zlovchi janub qarg‘asi bilan mashhur bo‘lgan surxondaryolik Shodibek Choriyev 9-oktabr kuni tong soat 4:25 da Sherobod tuman tibbiyot birlashmasining ShTYoB reanimatsiya bo‘limida hayotdan ko‘z yumdi. Shodibekning muxlislari u haqdagi ba’zi tafsilotlarni “Daryo”ga yubordi.

    Foto: Shodibek Choriyevning shaxsiy arxividan

    Foto: Shodibek Choriyevning shaxsiy arxividan

    U bilan bog‘liq bo‘lgan  15 dan ortiq tabiat mavzusidagi o‘ta qiziqarli maqolalar va uslubiy tavsiyalar viloyat va respublika miqyosida nashr etilgan. Ayniqsa “Xalq so‘zi” gazetasida chop etilgan Respublikada yagona so‘zlay oladigan “Gosha” laqabli qarg‘a haqidagi “Gapiradigan qarg‘a” maqolasi, “Termiz oqshomi” gazetasidagi “Gosha yettinchi farzandimiz” maqolasi,  viloyat o‘qituvchilarining “Ma’naviyat gulshani” gazetasida chop etilgan “Ta’lim muassasalarida qushlar bayramini o‘tkazishga doir tavsiyalar” mavzusidagi chiqishlari barcha tabiatsevarlarga katta qiziqish uyg‘otdi. “Ma’naviyat gulshani” gazetasi muxbiri I.Shokirovning B.Rahimov haqidagi “Shaydoyingman, onajonim tabiat” nomli maqolasi, bundan tashqari “O‘zbekiston” telekanalining “Qishloq hayoti” , “Qishloqdagi tengdoshim”, “Axborot” ko‘rsatuvlari, “Dunyo bo‘ylab” telekanalining “Yagona gapiruvchi qarg‘a”,  “Yoshlar” telekanalining  “Surxon vohasi” ko‘rsatuvi, “30 000 dollarga sotilmagan Gosha laqabli qarg‘a”  Surxondaryo viloyat va Sherobod tuman teleko‘rsatuvlari orqali va bundan tashqari qo‘shni davlatlar, Turkiya, Afg‘oniston, Rossiya telekanallari orqali uning iqtidori  keng ommaga namoyish etilgan.

    1997-yil taxminan may oyining 15-sanalarida Sherobod shahridagi “Katta hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Eshboy Berdiyev ko‘chasida yashovchi usta-duradgor Muhiddinov Homid akaning Samariddin ismli 11 yoshdagi o‘yinqaroq  o‘g‘li  Ko‘hitang tog‘ etaklarida joylashgan G‘urjak qishlog‘idan chamasi 15-20 kunlik janub qarg‘a polaponini o‘ziga tanish bo‘lgan qo‘shnisi havaskor qushboqar Bo‘ri aka Rahimovga olib kelib “Bo‘ri aka sizga zo‘r qush olib keldim, uni qishlog‘imizdagi tog‘ archa tagidan topib oldim, inidan tushib ketgan ekan shekilli, oyoq va qanotlari singan bo‘lsa kerak!” deya  qarg‘a polaponini parvarish qilib olish uchun hadya qilgancha uyiga qaytdi.

    Bo‘ri aka Rahimov tabiatan qushlarga mehr qo‘ygan inson bo‘lib, qarg‘a polaponini hech ikkilanmasdan o‘z hovlisiga  olib kirib, oilaning kichik o‘g‘li 6 yoshli Shodibek bilan suhbatlashgancha, qarg‘a polaponining oyoq va qanotlariga malham qo‘yib, uni ochiq maydonda ya’ni hovli oldidan joy olgan mo‘jazgina supa yonida ekilgan ulkan tut daraxti soyasida parvarish qila  boshladi.

    Kunlar o‘tib qarg‘a bolasi tobora sog‘ayib borar ekan, u  oilaning kenja o‘g‘li Shodibekning jonli o‘yinchog‘iga aylandi, uni parvarish qila turib unga non ushoqlari, har xil hasharotlar, uyda pishirgan taomlardan bir bo‘lagini unga hadya etib parvarish qilib keldi va qarg‘a bolasi uydagilarning go‘yoki bir ermagiga aylandi.

    Bo‘ri aka qarg‘a bolasiga biron bir “laqab” qo‘yishga jazm qildi va kichik Shodibekka qulaylik tug‘dirish uchun  unga “Gosha” laqabini berdi, shu tarzda janub qarg‘a polaponi “Gosha” laqabi bilan tobora voyaga yetib bordi.

    Tabiatda qarg‘ani yaqindan tomosha qilish mushkul bo‘lib uni masofa jihatidan yaqini bilan 15-20 metr naridan tomosha qiladigan qiziquvchilar Bo‘ri aka xonadonida parvarish qilinayotgan qarg‘ani o‘zining mo‘jazgina hovlisidagi ochiq maydonda  1-1,5 metr yaqinlikda tomosha qilib zavqlanish mumkin edi.

    Kasbi o‘qituvchi va qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lmagan Bo‘ri aka Rahimov 1998—2001-yilgi don mahsuloti va qushlar uchun beriladigan omuxta yem tanqisligidan hovlisida parvarish qilinayotgan 38 turdagi jami 1250 qush zotlaridan 400-500 tasi nobud bo‘ldi  va kunlarning birida ya’ni 2000-yilning oktabr oyida Sherobod shahrining “Do‘stlik” mahallasi xududidagi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan hozirgi Sherobod MXKKXK binosiga harbiy qism ko‘chib kelganligi hamda unda ishlovchi bosh komandiri tabiatga va undagi jonzotlarga qiziqishi o‘zgacha ekanligi bilan Bo‘ri aka tomonidan parvarish qilinayotgan qushlarini tomosha qilib do‘stlashib oldi.

    Har shanba kunlari oila a’zolari bilan qushlarni tomosha qilib ketuvchi podpolkovnik Qahramon aka  kunlarning birida Bo‘ri akaga ajoyib taklif bilan murojaat qildi, u kishi o‘z taklifida harbiy qismda yetarli darajada jonli burchak qilganligi va mumkin bo‘lsa qaytarib berish sharti bilan har xil turdagi qushlardan berib turish taklifini bildirdi va kelgan mehmonga rad javobini bera olmagan Bo‘ri aka  shu yilning noyabr oyida ushbu harbiy qismga jami 120 dona parvarish qilib kelayotgan qushlari bilan birgalikda “Gosha” laqabli qarg‘ani ham berib yubordi.

    Harbiy qismda tashkilashtirgan jonli burchakda turli xildagi qushlar bilan bir qatorda  janub qarg‘asi xam parvarishlanib, uni Bo‘ri akani taklifiga binoan  har 3-4 kunda qismdagi hovliga sayohatga chiqarib turish ta’kidlanganligi uchun ham xizmatni o‘tayotgan askarlar  ochiq maydonda yurgan “Gosha”ni o‘z laqabi bilan atab unga hazilona tarzda “Gosha”, “safga tur”, “rostlan”, “nos ber”, “Boris aka” kabi so‘zlar bilan o‘rtoqlashar edi.

    2002-yilning ayni saratonida  harbiy qism komandiri podpolkovnik Qahramon aka ishi yuzasidan g‘arbiy okrugga ishga ketayotganligi aytib,  olgan omonatlari bilan bir qatorda “Gosha” ham xizmatdan qaytdi va  shu kuni Bo‘ri aka xonadonida haqiqiy askar bayrami  bo‘ldi.

    Oradan 3-4 kun o‘tgach, kechki taomlanish vaqtida oila bekasi Sobira aya turmush o‘rtog‘iga yuzlana kundalik ishlarni bajarib yurish davrida darvoza tomonidan g‘alati tovushda “Boris aka” deb masxara qilib ketayotganligi va bu holat yuzasidan ko‘chaga yuzlanganda hech kim bo‘lmasligi to‘g‘risida shikoyatini aytdi, ushbu holat avvaliga har 3-4 kunda keyinchalik 2-3 kunda takrorlanadigan bo‘lib uydagilarning g‘ashiga tegdi va bu g‘alati tovushni Bo‘ri akaning bolalari ham tasdiqlab, go‘yoki ushbu tovush mast holdagi kishining ovoziga o‘xshashligi to‘g‘risida bayon qildi.

    Kunlarning birida oila bekasi Sobira aya kundalik ishlarini yuzasidan “Gosha” turgan uya oldida, hovliga suv kelganligidan foydalanib qozon-tovoq, choynak-piyolalarni yuvib turgan vaqtda yuqoridagi so‘zlar yana takrorlandi va har doimgidek ko‘chaga yuzlanandi — har domgidek hech kim yo‘q va  o‘z ishini davom ettirar ekan, yuqoridagi ovoz “Gosha” saqlanayotgan qafasning salqinlashtirish uchun yopilgan gilam ortidan kelayotganligiga amin bo‘ldi. Sobira aya gilamni ko‘tarib ichkarida qarg‘adan boshqa hech bir jonzot yo‘qligiga guvoh bo‘lib yoqa ushladi va o‘z ishini davom ettira, ne ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitsinki, barchani “Gosha”, “safga tur”, “rostlan”, “nos ber”, “Boris aka” kabi so‘zlari bilan ahmoq qilayotgan jonzot bu qarg‘a bolasi Gosha ekanligiga amin bo‘ldi, Sobira aya uzoq vaqt qarg‘aning so‘zlarini kuzatib, in ichida turgan qarg‘a inson talaffuzidagi tushunarsiz so‘zlarini angladi.

    Kechga yaqin ishdan kelgan Bo‘ri akaga oilasi bo‘lgan voqea haqida so‘zlaganda, bo‘lib yurgan g‘alati tovushlardan xabardorligi va bunga o‘zi ham guvoh bo‘lganligi, faqat ishonch hosil qilmaganligini ta’kidlab, bu oilaviy sir bo‘lishini ta’kidladi.

    Bu g‘alati tovushdan xabardor bo‘lib xunob bo‘lgan Bo‘ri akaning farzandlari  ham asta-sekin  voqeadan voqif bo‘ldi va ularni yoniga o‘tqazib, ushbu holatni ko‘chaga, ko‘rgan bilganga, mahalla-ko‘yga yoymaslikni, aks holda ushbu holat bo‘yicha isbot talab qiladigan kishilar oldida izza bo‘lishini qattiq ta’kidladi.

    “Gosha” to‘g‘risida qiziqarli tafsilotlar.

    №Xalq tomonidan beriladigan savollarJavob
    2.Qaysi oilaga mansub?“Qarg‘asimonlar” oilasi
    3.RangiQora
    4.Og‘irligi1800 g
    5.Bo‘yi38 sm
    6.Qanotlarining uzunligi 75 sm
    7.ZotiNar (Erkak)
    8.Tumshug‘ining uzunligi4,5 sm
    9.Muloqotga chiqishiKo‘p takrorlangan so‘zlarni qaytaradi
    10.Kunlik ochiq havoda sayr qilish vaqti chegarasi30—120 minut
    11.GOSHA ni  tomosha qilish uchun uzoq yaqindan  kelgan tabiatsevar insonlarO‘rta hisobda 81 000 kishi

    2003-yil yanvar oyidan shu vaqtga qadar

    Kuniga o‘rta hisobda 15 kishi

    Oyiga 450 kishi

    Yiliga 5400 kishi

    5400 x 15 yil =81 000 do‘st

    12.“Gosha” to‘g‘risidagi tafsilotlardan xabardor bo‘lib uni ko‘rishga kelgan xorijiy davlatlarda yashovchi  tabiatsevarlarning  yurtlari to‘g‘risida ma’lumot.Yaponiya

    Xitoy

    Turkiya

    Ozarbayjon

    Turkmaniston

    Tojikiston

    Afg‘oniston

    Rossiya

    Qozog‘iston

    Ukraina

    Belarus

    Shodibek Choriyevning vafoti munosobati bilan uni tanigan insonlar uning oila a’zolariga hamdardlik bildirmoqda.

    12.10.2018, 18:59   Izoh (0)   135162
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    MDHga a’zo mamlakatlarning Mudofaa vazirlari kengashining yig‘ilishi yakuniga yetdi (fotogalereya)

    12.10.2018, 17:21

    Toshkentning Parkent bozori atrofida navbatdagi Mercedes-Benz avtobusi yondi

    12.10.2018, 16:42

    Xalqaro Qur’on musobaqasi ishtirokchilari Masjid ul-Harom imomi bilan uchrashdi

    12.10.2018, 16:28

    Jizzaxda 28 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Isuzu avtobusi yo‘l chetiga yonboshlab qoldi

    12.10.2018, 16:15

    Madina shahrida o‘tkazilgan Qur’on musobaqasi natijalari e’lon qilindi

    12.10.2018, 15:45

    Jizzaxda 4 ta tuman IIB boshlig‘i o‘zgardi

    12.10.2018, 15:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Putinga qo‘ng‘iroqdan avval Trampdan nimani so‘ragani ochiqlandi

    Dunyo | 20 may, 10:58

    Byudjetingizni sekin-asta “yemirayotgan” 6 narsa

    Layfstayl | 20 may, 10:48

    Eldor Shomurodovga taniqli murabbiy ustozlik qiladi — manba

    Sport | 20 may, 10:42

    O‘zbekistonda Bahrayn, Kuvayt va Ummon fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 20 may, 10:33

    AQSHdan “o‘zini deportatsiya qilgan” migrantlar chiqarib yuborildi

    Dunyo | 20 may, 10:20

    Netflix: sevimli seriallaringiz ro‘yxatidan joy oladigan miniseriallar (treyler)

    Kino | 20 may, 09:57

    O‘zbekistonga migrantlar jo‘natgan pullar miqdori uch oyda 800 mln dollarga oshdi

    Iqtisodiyot | 20 may, 09:55

    Lamin Yamal “Barselona”da yangi raqam ostida o‘ynaydi

    Sport | 20 may, 09:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.