Turkiyaning barcha og‘ir harbiy texnikalari Suriyaning Idlib provinsiyasidagi harbiysizlantirilgan hududdan chiqarildi. Bu haqda Turkiya mudofaa vazirligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hududning barcha xususiyatlari va aholi punktlarining joylashishini hisobga olib, Idlibdagi deeskalatsiya hududlari chegaralari bo‘ylab eni 15—20 kilometr bo‘lgan harbiysizlantirilgan hudud tashkil qilingan.
Turkiya Rossiya bilan kelishuv doirasida o‘z majburiyatlarini bajargan. Taranglik va to‘qnashuv ehtimolini pasaytirish maqsadida 10-oktabrda Idlibdagi harbiysizlantirilgan hududdan og‘ir harbiy texnikalarni chiqarish jarayoni yakunlangan.
Izoh (0)