AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma’lum qilishicha, Eron butun Yevropa bo‘ylab terrorizmni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya rasmiylari diplomatik niqob ostida ishlagan eronlik mansabdor Asadulla Asadiyning Belgiyaga ekstraditsiya qilinganini ma’lum qilgan. Ekstraditsiya mansabdorning joriy yilning 30-iyunida Parij yaqinidagi siyosiy namoyishda uyushtirilishi Eron tomonidan rejalashtirilgan, biroq oldi olingan terroristik fitnadagi roli sababli amalga oshirilgan.
Pompeoning qayd etishicha, rejalashtirilgan teraktning miqyosi Eronning dunyodagi terrorizmning asosiy homiysi bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi. Bu fitna Eronning butun Yevropa bo‘ylab terrorizmga ko‘mak berishda davom etayotganini ham oshkor qiladi.
Izoh (0)