Oldinroq Toshkentda metro harakati to‘xtab qolgani haqida xabar qilingan edi. Dastlabki ma’lumotga qaraganda, “Toshkent metropoliteni” UK bundan bexabar qolgan edi.
Biroz vaqt o‘tib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” poyezdlar harakati to‘xtab qolgani yuzasidan bayonot berdi.
2018-yil 11-oktabr kuni soat 14:24 da “Chilonzor” metro liniyasining “Olmazor” bekatida 14-sonli marshrut bekatning aylanish joyiga kelganda texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgan. Undan keyin kelayotgan poyezdlarni aylantirish imkoniyati bo‘lmagan. Shu sababli metrodagi poyezdlar harakat jadvalini saqlash hamda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, shuningdek, poyezdlar oralig‘idagi masofa cho‘zilib ketishining oldini olish maqsadida “Paxtakor” bekatida vaqtincha poyezdlar ikkinchi yo‘lga aylantirilib harakat tashkil qilindi. Bu jarayonda poyezdlar qatnovining oraliq masofasi 17 daqiqani tashkil qildi. Yuz bergan texnik nosozlik jami 35 daqiqada bartaraf qilindi va metro poyezdlari yana o‘z jadvali asosida harakatini davom ettirdi.Bunday texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgan noqulaylik uchun Toshkent metropoliteni ma’muriyati barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati
Izoh (0)