Avazjon Kamolov Moliya vazirligining Xalqaro moliya institutlari va Davlatlar moliyaviy munosabatlar bosh boshqarmasining boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda, vazirlik matbuot xizmatiga asoslanib, Spot xabar berdi.
Avazjon Kamolov 1977-yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Buyuk Britaniyaning Nottingem Trent universitetining Xalqaro iqtisodiy aloqalar, Biznes boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasiga ega.
Avazjon Kamolov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Davlat huquqiy xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Izoh (0)