Toshkent shahrida gaz idorasi xodimi Majburiy ijro byurosi inspektoriga pora berish paytida qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga idora vakillari ma’lum qildi.
5-oktabr kuni Shayxontohur tuman prokuraturasi hamda MIBning Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda inspektor J. Haydarovning bildirgisiga asosan uning xizmat xonasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman 6-gaz uchastkasi muhandisi N.G‘. bir qoidabuzarlik yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirmaslik evaziga inspektorga 800 ming so‘m bergan vaqtida ushlandi.
Holat yuzasidan N.G‘.ga nisbatan JKning 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)