Xitoy hukumati sentabr oxirida Xitoyga ketib, o‘shandan buyon oilasi va tanishlari bilan aloqaga chiqmagan Interpol prezidenti Men Xunvey hibsda ekanligini tasdiqladi, deb yozadi Meduza. U “jinoiy faoliyat”da gumonlanmoqda — aynan qanday faoliyatligiga aniqlik kiritilmayapti.
Men Xunveyning samolyoti 25-sentabr kuni Xitoyga qo‘nishi bilan, uni qo‘lga olishgan va so‘roq qilishga olib ketishgan.
Men Xunveyning rafiqasi aytib berishicha, g‘oyib bo‘lishidan avval unga pichoqning suratini jo‘natgan. Ayolning fikricha, eri shu tariqa unga xavf ostida ekanligini bildirmoqchi bo‘lgan. Suratni yuborishdan 4 daqiqa oldin esa unga “Mening qo‘ng‘irog‘imni kut” degan xabar yuborgan.
Izoh (0)