Toshkentda prokuratura xodimlari o‘z farzandini 15 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda “Podrobno.uz” sayti xabar bermoqda.
Aytilishicha, tezkor tadbir davomida Olmazor tumanidagi restoranlardan birida A.K. farzandini boshqa fuqaro M.A.ga topshirib, evaziga 15 million so‘m olayotganida qo‘lga tushgan.
Ayolga odam savdosi aybi qo‘yildi. Jinoiy ish doirasida surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)