AQSh Shimoliy Koreyada yadrosizlantirish jarayonini nazorat qilib boradi. Bu boradagi kelishuvga AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvi chog‘ida erishildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun AQSh va KXDR ishchi guruh tuzadi. Guruh denuklearizatsiyaga, shuningdek, yangi sammitga tayyorgarlik ko‘radi.
Kim Chen In bilan uchrashuvdan so‘ng Pompeo Janubiy Koreyaga uchib kelib, prezident Mun Chje In bilan 40 daqiqalik uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida Shimoliy Koreya bilan erishilgan kelishuvlar hamda ularning ijrosida Janubning roli muhokama qilindi.
Izoh (0)