Toshkent shahar hokimligi tomonidan ilk bor yangi formatda fuqarolar bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Xalq bilan muloqot” guruhi barchaga ma’lum. Ushbu guruhga ko‘plab fuqarolar o‘z muammolari bilan murojaat qilib keladi. Poytaxt hokimiyati ham 25-sentabr kuni ushbu guruhga onlayn muloqot o‘tkazayotgani bo‘yicha e’lon qoldirdi. Unga ko‘ra, fuqarolardan 100 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Ular orasidan aniq manzil va mazmunga ega bo‘lgan savollar tanlab olindi.
Muloqot davomida guruh a’zolarining qo‘shimcha savollari ham qabul qilinib, tegishli mutasaddilar, jumladan, tuman hokimligi vakillari tomonidan javob berildi.
Kelgusida poytaxt ma’muriyati bu formatdagi muloqotni yanada takomillashtirishga harakat qiladi.
Izoh (0)