Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.

Foto: Huquqiy axborot kanali

Foto: Huquqiy axborot kanali

Qaror bilan quyidagi davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi:

  • Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha;
  • Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha.
Ma’muriy reglamentlarga muvofiq, jismoniy shaxslar quyidagi ma’lumotlarni olish uchun faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi:
  • muqaddam sudlanganligi;
  • jinoiy javobgarlikka tortilganligi;
  • reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid ma’lumotnoma;
  • manzil-ma’lumot axborotlarini (doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganligi, shuningdek, ma’lumot mavjud emasligi).
Mazkur xizmatlar uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Foto: Huquqiy axborot kanali

Foto: Huquqiy axborot kanali

Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish esa quyidagi bosqichlardan iborat:

Foto: Huquqiy axborot kanali

Foto: Huquqiy axborot kanali

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi