Rossiyaning Tver viloyatida reys avtobusi va yo‘nalishli taksi to‘qnashib ketishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “RBK” shoshilinch xizmatlarga tayanib. Jabrlanganlar soni aniqlashtirilmoqda.
To‘qnashuv Nekrasovo aholi punkti yaqinida yuz bergan. Ikkita transport vositasi bir-biri bilan ro‘paradan to‘qnash kelgan.
Tver viloyati bo‘yicha IIV boshqarmasi xabariga ko‘ra, “Liaz” va “Ford” rusumidagi ikkita avtobus Tver — Rjev avtomobil yo‘lida to‘qnashib ketgan. Qurbonlar va jabrlanganlar soni esa aniq ko‘rsatilmadi.
Ba’zi manbalar 13 nafar qurbon haqida ma’lumot bermoqda.
Izoh (0)