Kanton yarmarkasi hamda Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi hamjihatlik va hamkorlik haqida memorandum imzoladi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
“Hujjat tadbirkorlarimiz uchun Kanton yarmarkasiga tashrif buyurgan vaqtda ularni kutib olish, ro‘yxatdan o‘tkazish, hamrohlik qilish va muzokaralarni tashkil qilishda qo‘shimcha imtiyozlar va sharoitlarni o‘z ichiga oladi. Yarmarka rahbariyati bizning tadbirkorlarimizga alohida e’tibor qaratayotgani va ularning Xitoyga safari maksimal darajada qulay bo‘lishi uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishini ko‘rish juda quvonchli”, — dedi XBTA Kuzatuv kengashi raisi Hikmat Abdurahmonov.
China Import and Export Fair, ya’ni Kanton ko‘rgazmasi – dunyodagi eng yirik biznes maydoni hisoblanib, bugungi kunda xalqaro darajadagi eng taniqli va nufuzli ko‘rgazmalaridan biri hisoblanadi.
Ushbu umumjahon tadbirda 100 dan ortiq davlatlardan 150 000 ta taniqli tadbirkor va ishbilarmonlar o‘zlarining mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish maqsadida ishtirok etadi
Izoh (0)