Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ishonch reytingi sentabr oyida 58 foizni tashkil etdi. Bu haqda “Levada-sentr” so‘rovnomasi ma’lumotlariga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda, deb yozadi Meduza.
Nashrning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich 2013-yil darajasiga tushgan. O‘shanda mazkur ko‘rsatkich 55 foizni tashkil etgan.
O‘tgan yil bilan taqqoslaganda Putinga ishonish reytingi 17 foizga pasaygan. Bundan tashqari, prezidentni “umuman ishonchga loyiq emas” deb hisoblovchilar ulushi 4 foizdan 13 foizga oshgan.
Izoh (0)