Ukrainaning mashhur teleko‘rsatuvi “Oryol i Reshka” ijodkorlari O‘zbekistonga keldi. Loyihaning Instagram’dagi sahifasida syomka jarayonlaridan fotosuratlar e’lon qilingan. Bu haqda UZ24 xabar berdi.
Ijodiy guruh Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lishi rejalashtirilgan. Dasturda boshlovchilar shaharlarning diqqatga sazovor joylari, tarixiy yodgorliklariga tashrif buyurishadi.
Ko‘rsatuv shartiga ko‘ra, sayohat davomida boshlovchilardan biri faqat 100 dollar miqdoridagi mablag‘ni sarflay oladi, ikkinchisi esa mablag‘i cheklanmagan “oltin karta”dan foydalanadi.
Bu ko‘rsatuv ijodkorlarining O‘zbekistonga birinchi marotaba kelishi emas. 2015-yilda ijodiy guruh “Oryol i reshka. Shoping” loyihasi bilan Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida bo‘lgandi.
Izoh (0)