Gulnora Karimova ayni paytda O‘zbekistonda va qonunda nazarda tutilgan jazoni o‘tamoqda. Bu haqda Turon24 agentligi o‘z manbalariga tayangan holda xabar berdi.
Oldinroq Gulnora Karimova O‘zbekistonni tark etib, BAAning Dubay shahriga ketgani haqida ma’lumot berilgan edi. Keyinchalik Bosh prokuratura bu xabarni rad etdi.
Xabarda aytilishicha, Dubaydagi qimmatbaho mehmonxonaga joylashgan Gulnora Karimova aslida boshqa bo‘lib, OAV uni Islom Karimovning qizi bilan adashtirishgan.
Rossiyalik oligarx, “Anji” klubi xo‘jayini Suleyman Kerimovning qizi ham Gulnora Karimova bo‘lib, Dubayda aynan uni kutib olishgan. U 1990-yilda Dog‘istonda tug‘ilgan.
Izoh (0)