Joriy yilda Yaponiyada haddan tashqari baland havo harorati oqibatida yuzaga kelgan issiqlik urishidan rekord sondagi odamlar jabrlandi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Butun mamlakat bo‘ylab maydan sentabrgacha bo‘lgan davrda bunday simptomlar bilan 95 mingdan ziyod odam kasalxonalarga yotqizilgan. Bu shunday statistika yuritilib kelayotgan davr ichidagi eng baland ko‘rsatkich ekanligi aytilmoqda.
Besh oy ichida (maydan sentabrgacha) jazirama ta’sirida 160 kishi halok bo‘lgan. Ularning yarmidan ko‘pi — 65 yoshdan katta odamlar. Issiq havo qurbonlari orasida yoshlar, shu jumladan, maktab o‘quvchilari ham bo‘lib, ular ko‘chada jismoniy tarbiya mashqlari bilan shug‘ullanish vaqtida jabrlangan.
Yozda Yaponiyaning qariyb butun hududi bo‘ylab misli ko‘rilmagan jazirama kuzatildi — termometr millari Selsiy bo‘yicha 41 darajagacha yetdi.
Izoh (0)