24—30-sentabr kunlari Qizilqiya shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv doirasida dala tekshiruvlarining yakunlari ko‘rib chiqildi, shuningdek o‘zaro chegaraning qolgan uchastkalarini bayon qilish davom ettirildi.
Muzokaralar natijasida bayonnoma imzolandi.
Izoh (0)