Rossiyada bor-yo‘g‘i bitta oligarx qoldi, — deb aytib o‘tdi tadbirkor va milliarder Alisher Usmonov “Rossiya-1” telekanaliga bergan intervyusida. Ammo milliarder uning kimligini aytib o‘tirmadi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Mening fikrimcha, bizda bu vagonda bitta yo‘lovchi qoldi, u allaqachon bo‘shab qolgan, u esa u yerda bir o‘zi o‘tiribdi va haligacha ketyapti”, — dedi Usmonov bu odam bitta kompaniyadan tashqari, hamma narsasidan ayrilganini qo‘shib qo‘yar ekan.
Uning fikriga ko‘ra, oligarx — bu hukumatdan biznes olgan kishidir.
“Men ‘oligarx’ so‘ziga umuman chiday olmayman. Oligarx — bu hamma narsani pul to‘lamasdan qo‘lga kiritgan odam. Men hech qachon bunday turga kirmaganman”, — dedi tadbirkor bu so‘zni “qirolichaning seviklisi” termini bilan qiyoslab.
Izoh (0)