O‘zbekistonda ilk bor xalqaro robototexnika musobaqasi — International Robotics Challenge o‘tkaziladi. Bu haqda “Turon 24” xabar berdi.
“O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Yoshlar ittifoqi Innoweek innovatsion haftaligi doirasida xalqaro robototexnika musobaqasini o‘tkazadi. Bundan asosiy maqsad yoshlar orasida intellektual salohiyatni rivojlantirish, innovatsion texnologiyalar va tadbirkorlikni ommalashtirish, yoshlarni innovatsion texnologiyalarga qiziqtirishdir”, — deyiladi xabarda.
Musobaqa 23—26-oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tadi. Tanlovda 9 yoshdan 16 yoshgacha hamda 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchilar Lego sumo, Lego short track, Arduino sumo va mahalliy konstruktor yo‘nalishlarida bellashadi.
Musobaqada ishtirok etish uchun arizalar 10-oktabrgacha onlayn tarzda qabul qilinadi.
Izoh (0)