Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 18-sentabr kuni noma’lum shaxs “O‘rikzor” bozori oldida qarovsiz qoldirilgan Sh.O‘. ism-sharifli ayolga tegishli Malibu rusumli avtomashinaning orqa eshigi oynasini sindirish yo‘li bilan ochadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shundan so‘ng salondagi sumka ichidan 6 800 AQSh dollari va 4 million so‘m o‘g‘irlab ketgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi T.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Izoh (0)