1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi vakillari uzoq yillar ta’lim sohasida ishlagan keksa pedagoglar holidan xabar oldi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ular ustozlarni bayram bilan samimiy qutlab, poytaxt hokimining esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Xabar olinganlar orasida nafaqadagi rus tili fani o‘qituvchisi Hamida Xonzafarova ham bor. U kishi ayni paytda shifoxonada davolanmoqda.
Shuningdek, xonadonida sog‘ligini tiklayotgan To‘lqin Eshbek va yana bir qator ustozlar bunday ehtiromdan xursandliklarini ta’kidladi. Ular tez orada sog‘ayib, yana sevimli kasbi — o‘qituvchilik faoliyatini davom ettirishlarini qayd etdi.
Izoh (0)