O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi hamkorligida baxshi-shoir Ergash Jumanbulbul o‘g‘li tavalludining 150 yilligi munosabati bilan “Epos va uni o‘rganish muammolari” mavzuida respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbirda folklorshunos olimlar, yozuvchi-shoirlar, baxshilar, madaniyat xodimlari, talaba-yoshlar, xalq og‘zaki ijodiyoti ixlosmandlari ishtirok etdi.
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li 1868-yilda baxshilar oilasida dunyoga kelgan. Shu hududda yashagan Sulton kampir, buvisi Tilla kampirdan tortib, bobosi Mulla Xolmurod, otasi Jumanbulbulgacha doston aytgan, o‘ziga xos termalar ijod qilgan.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining milliy ma’naviyatdagi o‘rni va uning folklor arxivida saqlanayotgan noyob asarlari haqida ma’lumot berdi. Baxshilar xalq og‘zaki ijodidan namunalar aytdi.
Izoh (0)