Jondor tumanida 25-sentabr kuni Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “Qoradori-2018” tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Sho‘robod qishlog‘ida yashovchi R.S. tuman hududida 40,43 gramm marixuana giyohvandlik moddasini sotayotganida ushlandi.
Uning uyidan 5 kilogramm 860 gramm marixuana topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)