2018-yilgi “Italiya go‘zali” tanlovi finalchilaridan biri 18 yoshli Kyara Bordi — bionik oyoqli model bo‘ldi, deb yozadi TJournal.
Qiz oyog‘idan 13 yoshida, avtohalokatga uchragan vaqtida ajralgan, ammo bu unga model bo‘lib ishlashda xalal bermaydi.
Bordining so‘zlariga ko‘ra, u tanlovda g‘alabaga erishish maqsadida emas, balki “hatto fojiali voqealarni boshdan kechirgan bo‘lsangiz ham, hayot baribir go‘zal” ekanligini ko‘rsatib berish uchun qatnashgan.
Izoh (0)