“O‘zbekiston temir yo‘llari” O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 1-oktabr kuni “Toshkent – Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida Afrosiyob poyezdining qo‘shimcha reysini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
“Hurmatli yo‘lovchilar, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ‘O‘zbekiston temir yo‘llari’ aksiyadorlik jamiyati yo‘lovchilarga dam olish kunida yanada qulaylik yaratish maqsadida ‘Toshkent – Samarqand – Toshkent’ yo‘nalishida Afrosiyob yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektoropoezdining qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘ydi”, — deyiladi xabarda.
№764/763 elektropoyezdi shu kuni soat 08:30 da Toshkent Markaziy vokzalidan jo‘nab, soat 17:00 da Samarqanddan ortga qaytadi. Ayni paytda ushbu qo‘shimcha poyezd uchun chiptalar sotuvi yo‘lga qo'yilgan.
Izoh (0)