Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sergeli tuman ichki ishlar boshqarmasi podpolkovnigi Shuhrat Boboniyozov lotereyadan 10 million so‘m yutib oldi va uni bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga sarfladi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Shuhrat Boboniyozov lotereya chiptasini sotib olayotganida agarda u pul yutib olsa, barcha pullarni mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga tortiq qilishini aytgan edi. Lotereyadan 10 million so‘m yutib olganida u rahbariyatdan o‘z tashabbusini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.

Podpolkovnikning lotereyadan hech narsa yutib olmagan safdoshlari ham u bilan birgalikda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yordam berishga ahd qildi. Ular Yunusobod tumanidagi 23-sonli mehribonlik uyi direktoriga qo‘ng‘iroq qilib, bolalarga nima kerakligini so‘radi.

Bolalar va qizlar so‘ragan barcha narsa: o‘yinchoqlar, sport buyumlari, kanselyariya buyumlari, kiyim, shirinlik va mevalar xarid qilindi. 23-sentabr, yakshanba kuni Sergeli tuman IIB xodimlari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘alarni topshirdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi