“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining Samarqand filiali direktori Sherali Umarov pora olish vaqtida qo‘lga tushdi, deb yozadi “Gazeta.uz” O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga tayanib.
Qo‘lga olish bevosita u fuqaro U. Yoqubovdan unga filial hududidan do‘kon va maishiy xizmat ko‘rsatish punkti qurish uchun yer uchastkasi ajratish evaziga 40 ming dollar olayotgan vaqtda yuz bergan.
Ushbu holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi va 211-moddasi (pora berish) 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sherali Umarovga nisbatan hibsga olish ko‘rinishidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Izoh (0)