O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi 25-sentabrdan 5-oktabrga qadar Savdo-sanoat palatasi ko‘magida amalga oshirilgan tadbirlar va investitsiya faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari amalga oshirish samaradorligini aniqlash, mamlakat investitsiya muhiti, hududlarda holatini aniqlash maqsadida O‘zbekiston ishbilarmonlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazmoqda. Bu haqda qo‘mita “Daryo”ga ma’lum qildi.
So‘rov natijalari mamlakatning investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish uchun hukumatga taqdim etiladi.
Shu munosabat bilan tadbirkorlardan ushbu so‘rovnomani to‘ldirish so‘raladi.
Barcha so‘rov natijalari anonimdir.
So‘rovni o‘zbek tilida to‘ldirish uchun esa bu linkni bosish lozim.
Izoh (0)