O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan AQSh Pamela Spratlenni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident mehmonni samimiy qutlar ekan, AQSh elchisi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli O‘zbekiston—AQSh aloqalarini izchil rivojlantirish va mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shganini ta’kidladi.
Tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha konstruktiv siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yildi. Parlamentlararo aloqalar faollashdi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaymoqda. Fan, ta’lim va madaniyat sohalarida, shuningdek, hududlararo hamkorlik rivojlanmoqda.
AQSh elchisi samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratayotgani, uning O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga intilishi qat’iy ekani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun AQShning favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Izoh (0)