• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Rejissor Rashid Malikov Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasidan xafsalasi pir bo‘lgani haqida so‘zlab berdi

    Joriy yilning 21-sentabrida Yaltada III Xalqaro “Yevraziyskiy most” (“Yevroosiyo ko‘prigi”) kinofestivali start oldi.

    Foto: “Darakchi.uz”

    Foto: “Darakchi.uz”

    Bu yilgi badiiy filmlar konkursining hakamlar hay’ati raisi o‘zbekistonlik rejissor Rashid Malikov bo‘ldi.

    Bundan tashqari, hakamlar hay’ati tarkibida rossiyalik aktrisa Alyona Babenko va bolgariyalik aktrisa Anya Pencheva ham bor edi.

    Festivalni Yevgeniya Shelyakinaning “Aleksandr Xristoforovning boqiy hayoti” filmi ochib berdi. Badiiy filmlar konkurs dasturiga sakkizta kartina – Iliyan Jivelekovning “Har yerda hozir-u nozir”, “Mari Garel Vaysning “Bazm tugadi”, Kim Insonning “Ulg‘ayish”, Vlastimir Sudarning “Yomg‘ir chegaralari”, Siddhartha Jatlaning “Muhabbat va Shukla”, Ventura Ponsning “Miss Dali”, Vera Glagolevaning “Begona emas”, shuningdek, Oksana Karasning “Farishtaning tomog‘i og‘riq” filmlari kirgan.

    “Darakchi.uz” Rashid Malikov bilan qisqa intervyu uyushtirdi.

    – Boshqa bironta festivalda ham hakamlar hay’atiga raislik qilganmisiz?

    –Bu borada ilk tajribam. Bungacha raislik qilmaganman, faqat hakamlar hay’ati a‘zosi bo‘lganman.

    – Xalqaro kinofestivalning hakamlar hay’atiga raislik qilishingiz haqidagi xabar sizga qanday ta‘sir qildi?

    – Bu men uchun kutilmagan, sharafli va yoqimli xabar bo‘ldi.

    – Eng yaxshi filmni tanlashda qanday yo‘l tutasiz?

    – Dolzarblik, tomoshabop, siyosiy vaziyat degan tushunchalar bor, “filmning badiiy qiymati” degan tushuncha ham yo‘q emas. Mana shu narsalar shaxsan men uchun tanlovda mezon bo‘ladi.

    —Rashid Karimovich, “Sabot” filmingiz katta ekranlarga chiqarilganiga ham allaqachon to‘qqiz oy bo‘ldi. Filmning keyingi taqdiri qanday bo‘ladi?

    – Agar kino-teatr prokati haqida gapiradigan bo‘lsak, ahvol havas qilgulik emas. 2017-yilning dekabr oyi oxirlarida premyeradan so‘ng filmni birdaniga ikki “Panorama”da namoyish etishdi va tomoshabinlar kamligini ro‘kach qilishib, filmni darrov prokatdan olib tashlashdi. O‘zbek tomoshabinlari filmni avgustning oxirlarida televizion premyera sharofati bilan “Sevimli” va MY5 telekanallari orqali tomosha qilishdi.

    Sentabr oyida Rossiya telekanallari orqali ham “Kultura” telekanalida Kirill Razlogovning “Kult kino” ko‘rsatuvida filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi.

    Filmning festivalona taqdiri muvaffaqiyatli davom etmoqda. Bugungi kungacha “Sabot” 5 ta xalqaro festivalda qatnashib, 4 ta xalqaro sovrin, jumladan, Gran-prini ham qo‘lga kiritdi. Yil oxirigacha film yana 5 ta festivalga taklif etilgan, kuzda yana ikki premyerasi – Kotbusi shahrida nemischa, Pusanda koreyscha premyerasi bo‘lib o‘tadi. Afsuski, Pusandagi festivalda filmni taqdim etishda shaxsan o‘zim qatnasholmayman – Koreya elchixonasida vizani qo‘lga kiritolmadim.

    Elchi bilan uchrashish uchun to‘rt marta urindim, ammo hammasi zoye ketdi. Pusan festivali – Osiyodagi eng yirik festivallardan biridir. O‘xshatish lozim bo‘lsa, festival Osiyo o‘yinlari (sportda) bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan obro‘li hodisadir. Film muallifi shunday festivalda qatnashishi mamlakatimizning xalqaro nufuzini ko‘tarishda juda foyda bergan bo‘lardi.

    – Kelgusi rejalaringiz haqida so‘zlab bersangiz...

    – Hozirda birvarakayiga ikki maydonda kinorejissura va kinodramaturgiya kurslarida mazkur sohaga qiziqqan yoshlarni o‘qitdim. Natijalar meni quvontirdi. O‘zbekistonning maqtasa arzigulik, kino suratga olishga qodir bo‘lgan iqtidorli ijodkor yoshlari bor. Dekabr oyida Bishkekda bo‘lib o‘tadigan qisqa metrajli filmlar fistivaliga hakamlar hay’ati a’zosi sifatida taklif qilindim.

    Eng asosiysi esa yangi ssenariy tayyorlayapman. Ilk qoralama allaqachon tayyor bo‘ldi, lekin ssenariy ustida hali ko‘p ishlashim kerak.

    – O‘quvchilarimizga tilaklaringiz...

    – Chinakam badiiy filmlarni ko‘proq tomosha qiling. Ulardan barcha savollaringizga javob topasiz.

    24.09.2018, 14:58   Izoh (0)   41487
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    4—6-oktabr kunlari Toshkentda xalqaro televizion festival bo‘lib o‘tadi

    23.09.2018, 12:40

    Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydonida bepul gala-konsert uyushtiriladi

    22.09.2018, 20:20

    O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev fuqarolar murojaatlarini tingladi (foto)

    22.09.2018, 16:49

    Tataristonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

    22.09.2018, 12:32

    M.K.Gandining “Mening hayotim” kitobi o‘zbek tilida nashr etildi

    21.09.2018, 15:50

    Toshkentda Igor Moiseyev nomidagi ansambl konserti bo‘lib o‘tadi

    21.09.2018, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.