23-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:02 da O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi.
Koordinatalar 39,68 gradus shimoliy kenglik, 68,46 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,7. Chuqurlik h=5 km. Toshkentgacha masofa — 187 km janubi-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila kuchi O‘zbekiston hududida quyidagicha sezildi:
Guliston: epitsentdan 94 km masofada — 2 ball;Jizzax: epitsentrdan 72 km masofada — 2 ball.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.
Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
Izoh (0)