Smartgov Consulting konsalting byurosi ijrochi direktori, shuningdek, jamoatchilik arbobi Aziza Umarova mamlakatda Facebook ijtimoiy tarmog‘idan foydalanish bilan bog‘liq muammo yuzasidan o‘z fikrini bildirdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
“Facebook tirikdan ko‘ra ko‘proq o‘lik. VPN bilan bog‘liq noqulayliklar, internet tezligi va bunday choraning umumiy siyosiy jihatlaridan tashqari, bu ‘biznes modeli’ Facebook’da ilgari surish hisobiga qurilgan kichik biznes va fuqarolik jamiyatiga qanday zarar yetkazishi to‘g‘risidagi fikrlarim bilan bo‘lishmoqchiydim”, — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu birinchidan, ayollarning uydagi kichik biznesiga daxl qilgan.
“Misol uchun, ‘Mazali hikoya’ sahifasi bor. Facebook orqali fuqarolar buyurtma asosida turli taomlar tayyorlovchi ayollar haqida ma’lumot oladi. Ikkinchidan, bu vaziyat hunarmandlar, masalan, o‘z qo‘li bilan ajoyib to‘g‘nag‘ichlar tayyorlovchi Karina Kenjayeva (Buxoro) va Yuliya Zavertayloga (Toshkent) daxl qildi. Foydalanuvchilar Facebook tufayli ular tayyorlagan ishlarni ko‘rishi va buyurtmalar qilishi mumkin edi. Ijtimoiy tarmoqlarni o‘ldiring va ko‘plab hunarmandlar barqaror buyurtmalarsiz qoladi”, — deb yozdi u.
Aziza Umarova Facebook, shuningdek, fuqarolik jamiyatining ijtimoiy loyihalari o‘rnini bosganligiga urg‘u berdi.
Izoh (0)