Tunisning at-Tib burnida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda hukumat vakillariga tayanib, Frans Press agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
22-sentabr, shanba kungi kuchli yomg‘irlar oqibatida ba’zi tumanlardagi suv sathi 1,7 metrga ko‘tarilganligi, bu esa ko‘prik va yo‘llarning vayron bo‘lishiga olib kelganligi xabar qilinmoqda.
Agentlikka ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida ikki qiz va 60 yoshli erkak bor. To‘rtinchi qurbon haqidagi ma’lumotlar keltirilmagan.
Tunis rasmiylari qidiruv-qutqaruv ishlariga politsiya, armiya va qutqaruv jamoalari, shuningdek, ikkita vertolyot va tez yordam jamoalari jalb etilganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)