Biologlar Ispaniyadagi sho‘r ko‘llardan biridan juda noodatiy suv o‘tini topdi. U Marsdagi buloqlar va yerosti namliklarining qalin “tuzliklarida” yashay oladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bu Yerda Marsdagi kabi sharoitlarda yashay olish qobiliyati ularning Qizil sayyorada ham gullab-yashnashi mumkinligidan dalolat beradi. Bu, o‘z navbatida, Marsni Yerdan keladigan “mehmonlardan” qo‘shimcha himoya qilish kerakligini ko‘rsatadi va bunday suv o‘tlari yordamida Marsda hayotni shakllantirishga imkon beradi.
Izoh (0)