O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Hadi Suleymanpur bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.
Hadi Suleymanpur poytaxtga bugun o‘z ishini boshlagan “Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: amalga oshirilmagan imkoniyatlar va strategik istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsion va transport-kommunikatsiya sohalarida mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash doirasida O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Izoh (0)