Hukumat qarori bilan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini tasdiqlashda kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotlarni olishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Endilikda ushbu ma’lumotlarni olish bevosita notarius tomonidan bajariladi.
O‘zbekistonning barcha hududida idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali qarzdorlikni aniqlash elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha 2019-yil 1-yanvardan, suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari bo‘yicha 2021-yil 1-yanvardan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.
Quyida ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini tasdiqlashda kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotlarni olish bosqichlari keltirilgan.
Izoh (0)