Bugun, 18-sentabr kuni soat 08:30 larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi Buxoro—Qorovulbozor magistral yo‘lida avtobusning gaz baloni portlashi natijasida 4 kishi voqea joyida, 1 kishi esa kasalxonada vafot etdi. Telegram’dagi Bukhara Info kanali portlash sodir bo‘lgan avtobus suratlarini e’lon qildi.

Foto: Telegram / @Bukharainfo

Suratlardan portlash sodir bo‘lgan avtobus oq rangli Isuzu ekanligi oydinlashadi. Surat ostidagi izohlardan birida metan gaz balloni portlagani yozilgan.

Foto: Telegram / @Bukharainfo

FVV bergan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan. 21 kishi turli darajada jarohat olgan, ulardan 5 nafarining ahvoli og‘ir. Hodisa sodir bo‘lgan paytda avtobus salonida jami 26 kishi bo‘lgan.

Foto: Telegram / @Bukharainfo

Hozirda jabrlanganlarning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlanmoqda.

Avtohalokat sabablari o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzilgan.