Shu yil 27-avgust kuni noma’lum shaxslar Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi N.Yu. ismli ayolning uyi oldida uni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, bo‘ynidagi zanjirini olib, voqea joyidan qochib ketgandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi D.M. ismli ayol va Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida yashovchi M.A. ismli erkak sodir etganliklari aniqlanib, ushlandi.
Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)