Skoda kompaniyasi Kodiaq RS sport krossoveri aks etgan videoni e’lon qildi. Avtomobil Skoda tarixidagi eng kuchli dizel dvigateli bilan jihozlangan avtomobil bo‘ldi, uning quvvati 239 ot kuchiga teng. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Avtomobilga moslashtirilgan DCC shinasi o‘rnatilgan. U to‘liq uzatmali bo‘lib, boshqaruv rejimini almashtiruvchi Driving Mode Select tizimiga ega.
Bu model yurish rejimiga bog‘liq holda motor ovozini o‘zgartiruvchi Dynamic Sound Boost tizimi o‘rnatilgan brendning birinchi avtomobili bo‘lgan.
Dvigatel robotlashtirilgan tezlik uzatish qutisida ishlaydi. Krossover 6,5 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi. Avtomobilning eng yuqori tezligi esa soatiga 230 kilometrni tashkil qiladi.
Izoh (0)