Kecha, 11-sentabr sanasida UEFA Millatlar Ligasining 2-turi doirasida bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida JCh—2018 kumush medali sohiblari — Xorvatiyani qabul qilib 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Saul, Asensio, Kalinich (avtogol), Rodrigo, Ramos hamda Isko nomiga yozildi.
Islandiya terma jamoasi esa Belgiya bilan kuch sinashib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Gollardan ikkitasi Romelu Lukaku tomonidan kiritilgan bo‘lsa, yana bitta golga Eden Azar mualliflik qildi.
Bosniya va Gersegovina terma jamoasi Avstriya termasini o‘z maydonida qabul qilib, Edin Jekoning yagona goli sabab g‘alabaga erishdi.
Quyida kechagi uchrashuvda qayd etilgan natijalar bilan tanishishingiz mumkin:
UEFA Millatlar Ligasi
2-tur bellashuvlari
11-sentabr, seshanba
Izoh (0)