Mercedes-Benz kompaniyasi yangi avlod GLE yo‘ltanlamasining navbatdagi tizerini e’lon qildi, deb yozadi “Motor”. Unda mashinaning old qismini va yangi, to‘liq yorug‘lik diodli bosh optikani ko‘rish mumkin. Yangi avtomobil joriy yil oktabr boshida ommaga taqdim etiladi.
Yangi avlod Mercedes-Benz GLE’ning o‘ziga xos jihati ko‘ndalang mustahkamlik stabilizatori bo‘lmagan E-Active Body Control gidroprujinali ilmoq bo‘ladi. Yo‘ltanlamaslik imkoniyatlarini yaxshilash uchun, model elektron boshqariladigan ulanishli markaziy differensial bilan, shuningdek, opsional ikki pog‘onali taqsimlash qutisi bilan jihozlanadi.
Joyidan yurmay qolishga qarshi tizim ishining alohida rejimi sharofati bilan, Mercedes-Benz GLE masalan, qumdan mustaqil ravishda chiqib oladi. Mashina irg‘ib, haydovchiga yordam beradi.
https://youtu.be/KA3MrM3pd6U
Izoh (0)