Andijon davlat universitetida “Tovarlar kimyosi muammolari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi, Oliy harbiy bojxona instituti, O‘zbekiston Milliy, Toshkent davlat agrar, Andijon davlat universitetlari, Toshkent kimyo-texnologiya hamda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutlari olimlari, magistr va talabalari, shuningdek, Germaniya, Tojikiston va qirg‘izistonlik kimyo sohasi mutaxassislari ishtirok etgan anjumanda mamlakatimizda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar, erishilayotgan yutuq va muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Anjumanda “Tovarlarning kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash fanining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni”, “Biologik aktiv substansiyalar olish sohasidagi tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari”, “Tovarlarning xalqaro kod raqamini belgilashda ularning kimyoviy tarkibi asosida sinflashning ahamiyati”, “Tovarlar kimyosi fani – kimyo fanlari tizimidagi yangi fan” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Ishtirokchilar tomonidan ma’ruzalar hamda tovarlar kimyosi fanini rivojlantirish, mazkur yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.
Izoh (0)