Irlandiyaning The Cranberries guruhi yakkaxoni Dolores O’Riordann kuchli spirtli ichimlik ta’siri ostida bo‘lgan vaqtda vannada suvga cho‘kib ketgan. Bu haqda The Independent nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Joriy yilning yanvar oyida Londondagi Vestminster sudi qo‘shiqchining o‘limi sababi ma’lum qilinmasligini e’lon qilgan edi. Politsiyaning axborotiga ko‘ra, qo‘shiqchining o‘limi sababi “tushuntirib bo‘lmaydigan” va shubhali bo‘lmagan.
Qo‘shiqchi 46 yoshida Londondagi mehmonxonadagi nomerining vannasida o‘lik holda topilgan.
Qo‘shiqchining o‘limi sababi bir qator tekshiruvlardan keyin oshkor qilingan. Uning o‘limi baxtsiz hodisa deb tan olingan.
Izoh (0)