KXDR g‘arbida suv toshqini oqibatida kamida 76 kishi halok bo‘ldi, yana 75 kishi, jumladan bolalar bedarak yo‘qoldi. Minglab odam boshpanasiz qoldi. Bu haqda Qizil Xoch xalqaro federatsiyasi va Qizil Yarimoy bayonotida so‘z yuritiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Minglab odam o‘z uylaridan mahrum bo‘ldi va shoshilinch tibbiy yordam, boshpana va ichimlik suviga muhtoj”, — deyiladi bayonotda.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida mamlakatning g‘arbiy hududlarida 800 dan ortiq bino, jumladan, turar-joylar, shifoxona va maktablar vayron bo‘lgan.
Qizil Xoch xalqaro federatsiyasining volontyorlari tirik qolganlarni qidirish bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)