Andijondagi “Qurilish materiallari ishlab chiqarish kombinati” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z sanoat mahsulotlari bilan viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga munosib hissa qo‘shmoqda, deb yozadi O‘zA.
Bu yerda ko‘p qavatli uylar va sanoat korxonalari uchun temir-beton konstruksiyalar, yo‘laklarni chegaralovchi betonli hoshiya va to‘siqlar, bruschatka kabi 30 dan ortiq turdagi mahsulot tayyorlanadi. Mahsulot sifati maxsus mexanizm va presslar yordamida laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilgach, qurilish maydonlariga peshma-pesh yetkazib berilmoqda.
Korxonaning tovar aylanmasi yildan yilga ortib, olingan foyda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnika vositalarini yangilash, xodimlarning moddiy manfaatdorligini oshirishga yo‘naltirilmoqda. Xususan, daromad hisobidan zamonaviy ag‘darma mashinalar, konusli qurilmalar, ko‘tarma kran va o‘nlab beton tashuvchi transport vositalari xarid qilindi. Shu kunlarda Rossiyadan qo‘shimcha texnika va uskunalar keltirilishi kutilmoqda.
Izoh (0)