O‘zbekiston Prezidenti “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda keltirildi.
Hujjatga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim muassasalarida ta’limning ilg‘or usullarini joriy etish, shuningdek, korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining nomi Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi deb o‘zgartirildi.
Biznes va boshqaruv oliy maktabiga Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda:
- shu sohadagi yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan ushbu muassasalarning o‘quv rejalari va dasturlari asosida O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan davlat namunasidagi diplomlar bergan holda magistratura dasturlari yuzasidan “ikki diplom” (double degree) modeli bo‘yicha o‘qishni tashkil etish borasida kelishuvlar tuzish;
- jahondagi ta’lim faoliyatiga doir eng namunali amaliyot va mehnat bozorining real talablarini hisobga olgan holda normativ va qisqartirilgan muddatlarda (an’anaviy va masofaviy texnologiyalar), ishlab chiqarishdan ajralmagan holda magistraturada o‘qishni tashkil etish, shuningdek, Biznes va boshqaruv oliy maktabi dasturlari bo‘yicha o‘qish uchun nomzodlarni tanlab olish mezonlarini belgilash;
- Biznes va boshqaruv oliy maktabi professor-o‘qituvchilari faoliyatining turlari bo‘yicha vaqt me’yorlarini, shuningdek, ular uchun cheklangan o‘quv yuklamasini belgilash;
- Biznes va boshqaruv oliy maktabining tuzilmasi, shtatlar jadvali, xodimlari va jalb etiladigan konsultantlar (ekspertlar) mehnatiga,
- shu jumladan, soatbay haq to‘lash miqdori va tizimini belgilash huquqi berildi.
- to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
- xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
- bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari;
- xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
- qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilandi.
Izoh (0)