Joriy yilning 14—16-sentabr kunlari Xiva shahri “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida “Raqs sehri” xalqaro festivali o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
Unda xorijiy davlatlardan hamda O‘zbekistonning turli nuqtalaridan san’atkorlar o‘zlarining badiiy chiqishlari bilan ishtirok etadi.
“Raqs sehri” xalqaro festivali o‘ziga xos milliy raqs san’atini dunyoga keng targ‘ib qilish va art-turizmni yanada rivojlantirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinmoqda.
Izoh (0)