Xitoy janubi-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasida suv toshqini oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, besh kishi jabrlandi. Bundan tashqari, 16 kishi bedarak yo‘qolgan sifatida qayd etilgan. Bu haqda mahalliy hukumat xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
2-sentabr, yakshanba kunining ilk soatlarida Malipo uyezdiga yopirilgan kuchli yomg‘irlar suv toshqinini keltirib chiqardi.
Tabiiy ofat elektr ta’minoti, aloqa va transport qatnovidagi uzilishlar, shuningdek, uylarning vayron bo‘lishi va yo‘llarning cho‘kishiga sabab bo‘ldi.
Mahalliy vaqt bilan 17:00 holatiga, besh kishi halok bo‘lganligi, besh kishi jabrlanganligi va 16 kishi bedarak yo‘qolgan deb qayd etilganligi xabar qilinmoqda.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)