Respublika mustaqilligining 27 yillik bayrami munosabati bilan Navoiy shahrida 7 qavatli, har biri 42 xonadondan iborat 10 ta ko‘p qavatli turar joy binolari foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“151-QMP” va “Temur Malik” MChJning mehnati tufayli qisqa muddatda qurib bitkazilgan obyektlarning ochilish marosimi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
– Biz 3 xonali uyning sohibi bo‘ldik, – deydi fuqaro Sh.Barnoyev. – Bu bizga mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligiga unutilmas bayram sovg‘asi bo‘ldi.
Shuningdek, shaharning Mahmud Torobiy ko‘chasida ham 2 ta 5 qavatli turar joy binolarining egalariga topshirish marosimi aholi uchun bayramga munosib tuhfa bo‘ldi.
Izoh (0)